Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elchi: Tyanszin sammiti SHHT tarixidagi eng yirik anjuman bo‘ladi
23:35 / 2025-08-25

31 avgust-1 sentyabr kunlari Tyanszin shahrida SHHT sammiti bo‘lib o‘tadi. Mazkur anjuman tuzilma faoliyat boshlagandan beri eng yirik tadbir bo‘ladi, dedi Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey "RIA Novosti" agentligiga bergan intervyusida.

- Yig‘ilishda 20 nafardan ko‘p davlat yetakchisi, shuningdek 10 xalqaro tashkilot rahbari ishtirok etadi, - dedi diplomat. - Bu, shubhasiz,  a’zo davlatlarning hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi intilishi mushtarakligidan guvohlik beradi. Umuman, SHHT xalqaro hamjamiyat e’tiborini tobora kuchliroq o‘ziga qaratmoqda.

Ma’lum qilinishicha, a’zo davlatlar rahbarlari bu gal savdo, ilmiy-texnikaviy innovatsiya, xavfsizlik va SHHT Taraqqiyot bankini tashkil etish masalalarini muhokama qiladi.

Axborotda sammit turli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini tashkil etishga ko‘maklashishi, qolaversa savdo, sarmoya, energetika, o‘zaro bog‘liqlik, raqamli iqtisodiyot va yashil texnologiya sohalarida sheriklikni mustahkamlash masalalari ham ko‘tarilishi ta’kidlangan.

RF yetakchisi yordamchisi Yuriy Ushakov aytishicha, bu hafta  Vladimir Putin Xitoyga to‘rt kunlik tashrif bilan boradi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ham ishtirok etadi.

2001 yil tashkil etilgan xalqaro tashkilot - SHHT tarkibida ayni payt Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston bor. 2024 yil iyul oyida Belarus ham to‘la huquqli a’zoga aylandi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya, Shri-Lanka esa hamkor davlat maqomiga ega.

S.Rahimov, O‘zA