Qatarning “Al-Vatan”, “Ash-Sharq” kabi qator yetakchi nashrlari O‘zbekistonning ushbu arab davlatidagi elchixonasi tomonidan yurtimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tganini yoritdi. Maqolada elchimiz Ashraf Xo‘jayev ikki tomonlama munosabat misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilganini ta’kidlagan.

2023 yil uch marta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi, 2024 yil strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolandi, joriy yil avgust oyida tashqi ishlar vazirlari darajasida Muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent va Doha o‘rtasida “Qatar Airways” aviakompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi o‘zaro turizmni rivojlantirish, tovar ayirboshlashni kengaytirish, iqtisodiy aloqani mustahkamlash, ikki do‘st xalq muloqotini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Tadbirda Qatar Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi, Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy kutubxona, Protokol departamenti rahbarlari, shuningdek bir necha davlat elchilari, diplomatik missiyalar vakillari ishtirok etgan.
M.Pirmatova, O‘zA