Joriy yil 29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga amalga oshirgan navbatdagi rasmiy tashrifikeng qamrovli strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Ilhom HAYDAROV fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
– Davlatimiz rahbarining Turkiyaga rasmiy tashrifi tarixiy va ahamiyat kasb etdi. Tashrifning ilk daqiqalaridan sezish mumkin, hurmatli Rejep Tayyip Erdog‘an aeroportga chiqib, Prezidentimizni kutib oldilar. U yerning o‘zida muloqot boshlangani hamkorligimizning yaqqol tasdig‘idir, – dedi elchi.
Ikki davlat rahbarlari vazirlar, shu jumladan, tashqi ishlar vazirlari oldiga muhim masalalarni belgilab berdi. Masalan, iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishida ham alohida hamkorlik yanada rivojlanadi. Turkiya investorlari O‘zbekistondagi yirik loyihalarda ishtirok etmoqda. 2026 yilning o‘zida 3 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirishi rejalashtirilgan. Ilgari an’anaviy sohalarga investitsiya kiritilgan bo‘lsa, hozir yuqori texnologik sohalar ham turkiyalik investorlar faol ishlayotgan yo‘nalishlardan biridir.
Shu yil 15 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Tashqi ishlar vazirligi, elchixonalar oldiga katta masalalar qo‘yildi. Davlatimiz rahbarining Turkiyaga rasmiy tashrifini berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, yuqori darajada o‘tkazishga xarakat qildik.
Batafsil YouTube tarmog‘imizda tomosha qiling.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7ig5KSyC74g" title="Tarixiy tashrif guvohi bo’ldik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV,
Anvarxo‘ja AHMEDOV (video), O‘zA