Elchi kubogi g‘oliblari aniqlandi
Toshkent shahridagi "Universal" sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi yigirmanchi bor tashkil etildi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 500 nafar yosh sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

15-17 yoshli o‘smir sportchilar ishtirok etgan musobaqada Murod Nafasov, Temur Qodirov, Shohjahon Ahmedov, Ahrorbek Abdug‘afforov, Marjona Alimova, Marjona Hayitova, Jasmina Turlibekova, Rozalina Tolibjonova, Shahzoda Saydiazimova o‘z vazn va yosh toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muhbiri