English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“El-yurt umidi” stipendiatlari bilan uchrashuv tashkil etildi
16:30 / 2026-02-19

Yoshlar ishlari agentligida dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritgan va kelajakda O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan “El-yurt umidi” stipendiatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab ularga yoshlar uchun tashkil etilgan yirik loyihalar tanishtirildi. So‘ngra agentlik direktori Alisher Sa’dullayev yoshlarga xorijiy davlatlarda nafaqat talaba, balki O‘zbekistonning madaniy elchilari sifatida vatanimiz imijini yuksaltirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida stipendiatlarga zamonaviy fikrlashni shakllantiruvchi “Venchur zehniyati” kitobi hamda “Ibrat Academy” va “Mutolaa” loyihalarining premium obunalari taqdim etildi.

Ochiq muloqot qizg‘in savol-javoblar va yangi takliflar muhokamasi bilan yakunlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA