Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“El-yurt umidi” jamg‘armasi: Tanlovga 2 ming 937 nafar talabgor hujjat topshirgan
17:56 / 2024-07-20

Xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish uchun 2024 yildagi 1-stipendiya tanloviga tizimdan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar jami 2 ming 937 nafarni tashkil qilmoqda.

Xususan, ta’lim dasturlari kesimida:

Doktorantura – 376 nafar;

Magistratura - 904 nafar;

Bakalavriat – 1657 nafar.

Tanlov yo‘nalishlari kesimida:

Davlat va jamiyat boshqaruvi - 827 nafar;

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasi - 156 nafar;

Ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha tarmoqlari – 1287 nafar;

Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari – 667 nafar.

Stipendiya tanloviga hujjatlarni qabul qilish 25 iyulga qadar amalga oshiriladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA