Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
El-yurt tinchligi va osoyishtaligi posbonlari kasb bayramini nishonladi
20:27 / 2022-10-25

25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan vazirlik madaniyat saroyida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Soha vakillariga davlatimiz rahbarining tabrigini Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

Tabrikda safdor va serjant xodimlar, ofitser va generallar hamda muhtaram faxriylarning el-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli xizmatlari munosib e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, xalqimiz osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun bir guruh xodimlar Vatanimizning yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Mukofotlarni Prezidentning Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Doniyor Qodirov hamda ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov topshirdi

Shu bilan birgalikda bir guruh xodimlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan idoraviy ko‘krak nishonlari, esdalik sovg‘alar va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Shundan so‘ng hamkor davlat organlari va tashkilotlar mutasaddilari o‘z tabriklarini ichki ishlar xodimlariga yetkazdilar.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, eng zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlash hamda xodimlar va ularning oila a’zolarini ishonchli ijtimoiy himoya qilish choralari kuchaytirilganligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirga san’atkorlarning chiqishlari o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

N.ABDURAIMOVA, O‘zA