Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
El-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan mehnat faxriylari taqdirlandi (+video)
16:12 / 2025-12-01

Ma’lumki, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa turli sohalarida ko‘p yillar davomida halol, fidokorona va samarali mehnat qilib, jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni e’tirof etish maqsadida ta’sis etilgan.

Shu bilan birga, umrini oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga bag‘ishlab, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan mehribon va fidoyi onalar ham ushbu yuksak mukofotga loyiq topiladi.

Poytaxtimizda uzoq yillar davomida halol mehnat qilib, o‘z sohasida namunali faoliyat ko‘rsatgan, jamoatchilik ishlarida faol bo‘lgan, fidoyiligi bilan boshqalarga ibrat bo‘lib kelayotgan bir guruh mehnat faxriylarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ularga davlatimiz rahbari tomonidan ta’sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur nishon nafaqat ularning mehnatiga berilgan munosib baho, balki kelajak avlod uchun ibrat bo‘ladigan ezgu umr yo‘lining nishonasi. Bu e’tirof mehnat qilgan inson hech qachon unutilmasligini, xalqimiz bunday fidokorlarni doimo ardoqlashini yana bir bor tasdiqlaydi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xixZkxIrXkc" title="El–yurt hurmatiga sazovor mehnat faxriylari taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Dildora DO‘SMATOVA,

Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA