"El manfaati yo‘lida xizmat qiladigan nomzodlarga ovoz berdim"
Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi hududida joylashgan 236-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari xalqaro huquq normalari asosida davom etmoqda.
Uchastka komissiyasi raisi Lola Haydarovaning aytishicha, mazkur muassasada 164 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular uchun zarur shart-sharoit yaratilgan.
–Yoshim 54 da, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filiali terapiya bo‘limida 5 kundan buyon davolanyapman,–deydi Gulchehra Ismoilova.–Bu gal yashash joyimdagi saylov uchastkasida emas, tibbiyot muassasasida tashkil etilgan saylov uchastkasida mamlakat rivoji, el manfaati yo‘lida xizmat qiladigan nomzodlarga ovoz berdim.
G‘ulom Primov,
O‘zA muxbiri