Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
El boshiga ish tushganda
12:45 / 2020-05-03

Yurtboshimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatida doirasida tashkil etilayotgan xayrli ishlar Qashqadaryo viloyatida ham keng quloch yoymoqda.

Xayrli ishlar koʻlami ortmoqda

Yurtboshimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatida doirasida tashkil etilayotgan xayrli ishlar Qashqadaryo viloyatida ham keng quloch yoymoqda.

Saxovatli tadbirkor va homiylar koʻmagi bilan birgina Qarshi shahar xayriya yordamlarini muvofiqlashtirish markaziga shu kunga qadar minglab kilogramm un, kartoshka, piyoz, makaron, goʻsht, yogʻ, tuz, shakar, turli shirinliklar va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Ayni paytgacha 4 ming 463 nafar ehtiyojmand oila bunday koʻmakdan bahramand boʻldi.