Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
EL BOSHIGA ISH TUSHGANDA
15:15 / 2020-04-02

Ayni kunlarda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining oldini olish maqsadida hukumatimiz muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.


Tashabbuskor deputatlar xalq bilan birga

Ayni kunlarda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining oldini olish maqsadida hukumatimiz muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Aholi karantinga jalb etilgan ana shu kunlarda joylarda mahalliy hokimiyat vakillari, sektor rahbarlari, siyosiy partiyalar, deputatlar, saxovatpesha tadbirkorlar ularni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻplab xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.

Xalq deputatlari Qorovulbozor tuman Kengashi deputati, “Qorovulbozor tongi” gazetasi muharriri Bahrom Soliyev ham ana shunday xayrli tadbirga oʻz hissasini qoʻshdi.

Jurnalist tomonidan gazetaning 28-mart kunidagi maxsus soni 3000 (8 sahifadan iborat) nusxada chop etildi. Tumandagi mavjud yettita mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi aholiga hamda korxona-tashkilotlarga bepul tarqatildi.

Tumandagi har bir hududga 250-400 nusxa atrofida gazeta mushtariylarga yetkazildi. Mazkur jarayonlarga tuman hokimligi vakillari, tahririyat hamda tuman pochta aloqa bogʻlamasi xodimlari ham oʻz hissalarini qoʻshdi.

– Shu kuni 1150 nusxa gazetani hamda tibbiy niqoblarni mutaxassislarimiz hamda mahallalar raislari bilan uyma-uy yurib Qorovulbozor shahri hududida joylashgan 3 ta MFY fuqarolariga bepul tarqatdik, — deydi tuman hokimi oʻrinbosari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi rahbari Shahnoza Rahmonova. — Karantin davrida aholining tuman markaziga kelib ovora boʻlmasliklari va mablagʻlarini tejashlarini inobatga olgan holda hududlarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari ham tashkil etildi. Bu jarayonlarda saxovatpesha tadbirkorlar oʻz hissasini qoʻshdi. Shu bilan birga aholiga boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun oʻzining tomorqasidan samarali foydalanish kerakligi ham tushuntirilmoqda.