Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
El boshiga ish tushganda
16:30 / 2020-04-29

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatiga “LABBAY!” deya, oʻz xohish irodasi bilan qoʻshilayotganlar soni Sirdaryo viloyatida kunsayin, soat sayin ortib, koʻpayib borayotgani tahsinga loyiq.


Har bir tadbirkor Gulinurdek boʻlsa, hech kimni yuki yerda qolmaydi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatiga “LABBAY!” deya, oʻz xohish irodasi bilan qoʻshilayotganlar soni Sirdaryo viloyatida kunsayin, soat sayin ortib, koʻpayib borayotgani tahsinga loyiq.

Guliston shahridagi “Vangda metall” qoʻshma korxonasi rahbari Gulinur Abdullayeva ayol kishi boʻlsada, olov qalbli, saxovatpesha, mehri daryo tadbirkorlardan ekanini yana bir bor isbotladi. Gulinur “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida viloyat markazida istiqomat qilayotgan 70 dan ortiq oilani 3 oy davomida birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan muntazam ravishda taʼminlab borish tashabbusini bildirdi.

Musulmon olami uchun muqaddas ramazon oyida bunday saxovatli tadbirkorlar koʻpayib borayotgani eʼtiborlidir. Ularning saxovatlari evaziga bir qancha oilaning saharligi ham, iftorligi ham toʻkin dasturxon atrofida xursandchilik va xush kayfiyat bilan oʻtmoqda. El boshiga ish tushgan bir vaqtda, qatorda noring ayol boʻlsada, Gulinur Abdullayevadek boʻlsa, yuking yerda aslo qolmaydi.

Gulinurxon, xalqimiz uchun shunday sinovli kunlarda ehtiyojmand aholiga koʻrsatgan yordamingiz, ularda umid uchqunlari va yaxshilikka boʻlgan ishonchini orttiradi. Sizning ehsoningizni olgan har bir yurtdoshimiz, kelgusi ishlaringizda rivoj tilab, saxovatingiz uchun minnatdorlik bildirayotgan tilagi sizning ishingizga qoʻyilgan eng oliy baho ekanini unutmang.

Mamlakatimizdagi barcha tadbirkorlarimiz Gulinur Abdullayevadek qalbi osmon, mehri daryo boʻlsa, bugungi mashaqqatli kunlarda oʻzbekning yuki yerda qolmaydi.