Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
El boshiga ish tushganda
13:27 / 2020-05-01

Qarshi shahrida bu ezgu tashabbusni chin dildan qoʻllab-quvvatlab, savobli ishga munosib hissa qoʻshishga harakat qilayotgan himmatli yurtdoshlarimiz, saxovatli tadbirkorlarimiz soni kundan kunga ortib bormoqda.


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aholining yordam va koʻmakka muhtoj qatlamlarini aniq, manzilli asosda qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati xalqimizni yana ham jipslashtirdi.

Qarshi shahrida bu ezgu tashabbusni chin dildan qoʻllab-quvvatlab, savobli ishga munosib hissa qoʻshishga harakat qilayotgan himmatli yurtdoshlarimiz, saxovatli tadbirkorlarimiz soni kundan kunga ortib bormoqda.

Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida kuni kecha Qarshi shahar xayriya yordamlarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan ehtiyojmand oilalar, yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlamlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

Qarshi shahar hokimi Normoʻmin Xolboyev ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini topshirib, ularni yashash sharoitlari bilan ham tanishgan.