Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
EL BOSHIGA ISH TUSHGANDA
12:25 / 2020-04-24

Tumandagi “Bestfayber” korxonasida innovatsion texnologiyalar asosida plastik idish chiqindisidan sunʼiy tola ishlab chiqarilayotgani ham diqqatga sazovor.


EKSPORTCHI KORXONALAR BARQAROR ISHLAMOQDA

Koronavirus pandemiyasi qarshi kurash samaradorligining asosiy omili hisoblanayotgan karantin bilan bogʻliq nodatiy shart-sharoitda ham koʻplab korxonalar ishlab chiqarishni toʻxtatmay, mahsulotlarini tashqi bozorga chiqarishni, yaʼni eksport boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida xorijlik hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni izchil davom ettirmoqda.

Namangan viloyatining Namangan tumanida faoliyat koʻrsatayotgan “Asadbek gʻisht sanoati” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoshidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash ixtisoslashgan sexda meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash, quritish va saqlash borasida viloyatdagi ilgʻor korxonalardan biri hisorblanadi. Sex oʻz faoliyatini boshlagan dastlabki yilda 25 ta ish oʻrni ochilgan boʻlsa, bosqichma-bosqich yangi loyihalar tatbiq etib borilishi natijasida oʻtgan uch yil mobaynida bu yerda 90 kishi ish bilan taʼminlandi.

Ayni paytda korxonada tuzlama, meva sharbatlari va tomat pastasi singari yetmish turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Eʼtiborlisi, korxona tomonidan 2019-yilda 200 ming dollarlik mahsulot eksport qilingan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatikichni 500 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish maqsadida Turkiyadan qariyb 900 ming dollar qiymatidagi yangi uskunalar olib kelinayotgani eksport salohiyati ortishiga ham xizmat qiladi.

Tumandagi “Bestfayber” korxonasida innovatsion texnologiyalar asosida plastik idish chiqindisidan sunʼiy tola ishlab chiqarilayotgani ham diqqatga sazovor. Qirq besh kishi ish bilan taʼminlangan korxona bir oyda 300 tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega. Bu esa 330 ming dollarlik eksportbop sunʼiy tola demakdir.