Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
EL BOSHIGA ISH TUSHGANDA
13:40 / 2020-04-09

Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Peshku chevarlari” masʼuliyati cheklangan jamiyatida bolalar uchun sport formalari, ishchilar uchun maxsus kiyimlar ishlab chiqariladi.


Buxoroda tibbiy kombinezonlar ishlab chiqariladi

Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Peshku chevarlari” masʼuliyati cheklangan jamiyatida bolalar uchun sport formalari, ishchilar uchun maxsus kiyimlar ishlab chiqariladi.

Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi sharoitida ushbu tikuv sexi ham ezgulik yoʻlini tutib, talab yuqori boʻlgan mahsulot - tibbiy niqoblar tikishga oʻtdi. Bu yerda kuniga 15 ming donaga yaqin tibbiy niqob tayyorlanib, dorixonalarga tarqatilmoqda.

Yaqin kunlarda korxona chevarlari tibbiy kombinzonlar ham tika boshlaydilar. Darvoqe, bu yerda mehnat qilayotganlarning xavfsizligini taʼminlash uchun dezinfeksiya ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.