Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
El boshiga ish tushganda
12:45 / 2020-04-24

Biz yetishtirgan mahsulotlar muborak Ramazon oyida xalqimiz farovonligini taʼminlashidan xursandman.


Tomorqachi izhori: Hozir davlatimizdan yordam kutmasdan, koʻproq foyda keltirishni oʻylashimiz kerak

Namangan viloyati Chust shahri Doʻstlik maxallasida yashovchi Munira Abdurahmonova 2019-yilda 3,5 sotix tomorqaga issikxona tashkil etish uchun tijorat bankidan 25 million kredit olgan edi. Oʻtgan davrda uning puxta oʻylangan biznes rejasi amalga oshib, kredit toʻlovlarini ham vaqtida qaytara boshladi. Oʻzi va oila aʼzolarini ish bilan taʼminladi.

– 2 ta issiqxona qurganmiz, – deydi Munira opa. – Bir haftadan keyin bodring, ikki haftadan keyin esa pomidor hosilini arzonlashtirilgan narxda bozorga chiqaramiz. Men kabi ayollar odatda farzand tarbiyasi, uy roʻzgʻor yumushlari bilan boʻlib, boshqa ishlarga vaqt ajratolmaydi. Shuning uchun uyda qolib tomorqadan foyda olishni rejalashtirgan edim. Natija esa juda yaxshi boʻlyapti. Ayniqsa, hozirgi karantin davrida davlatimizdan yordam kutmasdan shunday foydali ish bilan band boʻlganimiz meni ruhlantiradi.

Bundan tashqari, tomorqamizda 14 tup gilos, 8 tup bodom daraxti bor. Bulardan ham har yili 4-5 million soʻm daromad olamiz. Biz yetishtirgan mahsulotlar muborak Ramazon oyida xalqimiz farovonligini taʼminlashidan xursandman.