Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
El ardogʻidagi sanʼatkorlar bolalarga mehr ulashdi
18:56 / 2020-01-25

Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Boʻka tumanidagi 15-Mehribonlik uyi va Chirchiq shahridagi 14- Mehribonlik uyida “Bolalarga mehr ulashaylik” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi.


Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Boʻka tumanidagi 15-Mehribonlik uyi va Chirchiq shahridagi 14- Mehribonlik uyida “Bolalarga mehr ulashaylik” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi.

Boʻka tumanidagi 15-Mehribonlik uyida 176 nafar tarbiyalanuvchi tahsil oladi. Oʻquv maskani aslida 140 oʻringa moʻljallangan, ammo oʻquvchilar koʻp. Shuning uchun bu yerda bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Oshxona, sport majmualari va yuvinish xonalari qaytadan taʼmirlanib kengaytirilmoqda, eski yotoqxonalar zamonaviy, shinam va yorugʻ xonalarga aylanayotir.

– Bugungi tadbir menga juda yoqdi, – dedi 15-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Moʻtabar Sobirova. –Taniqli aktyorlar bilan suhbatda boʻldik. Ular bizga koʻngilni choʻktirmaslikni, qiyinchiliklarni tirishqoqlik bilan bosib oʻtish kerakligini uqtirdi. Izlanishimiz, tinimsiz kitob oʻqishimiz kerakligini aytdi. Oʻzim aniq fanlarga juda qiziqaman. Oliy oʻquv yurtiga kirish uchun fizika va matematika fanlaridan mustaqil tayyorlanyapman. Kelajakda oʻqituvchi boʻlmoqchiman. Oʻquv markazi ochishni, unda qiyinchilikda oʻsayotgan bolalarga tekin dars oʻtishni orzu qilaman.

Chirchiq shahridagi 14-Mehribonlik uyi bolalarining bugun quvonchi cheksiz. Tadbir dasturi ularga manzur boʻldi. Sanʼatkorlar kuy-qoʻshiqlariga joʻr boʻlib kuylashdi, maroq bilan raqs tushishdi. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari sheʼrlar oʻqidi, hayotiy rivoyatlar aytib berdi. Oʻzbek davlat sirki ijodkorlari tomonidan tayyorlangan rang-barang chiqishlar davraga oʻzgacha fayz ulashdi.

Tadbir soʻnggida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi, qiziqarli suhbatlar, bolalar uchun tayyorlangan maxsus dastur bayramona tuzatilgan dasturxon atrofida davom etdi.

0 (64).JPG

0 (59).JPG

0 (51).JPG

0 (47).JPG

0 (68).JPG

0 (37).JPG