Ekvadorning yetti muzofoti favqulodda holat e'lon qildi
– Ekvador Prezidenti Daniel Noboa juma kuni mamlakatda ichki tartibsizlik va qurolli to‘qnashuv avj olishi ortidan yetti viloyat va uch munitsipalitetda 60 kunlik favqulodda vaziyat e’lon qildi, – deb yozdi "Sinxua".
Davlat rahbari ushbu qarorning asosiy sababi sifatida jinoyatchilik kuchayishi, uyushgan qurolli guruhlar faollashganini ko‘rsatdi. Ko‘rilayotgan choralardan maqsad zo‘ravonlikni to‘xtatish, jamoat tartibini tiklashga yo‘naltirilgan harbiylar va politsiyani qo‘llab-quvvatlashdir.
Favqulodda holat hududida uy-joy daxlsizligi va yozishmalar huquqi cheklandi. Bir necha mintaqada tungi komendantlik soati joriy qilingan.

2024 yil yanvar oyidan beri Ekvadorda hukumat tomonidan "terrorchilar" deb atalgan uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi "ichki qurolli mojaro" avj olgan.