French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekvadorning Londondagi elchixonasida Assanj kuzatilgan
09:15 / 2019-07-10

Julian Assanj ortidan u Ekvadorning Londondagi elchixonasida bo‘lgan vaqtida kuzatuv olib borilgan.


Julian Assanj ortidan u Ekvadorning Londondagi elchixonasida bo‘lgan vaqtida kuzatuv olib borilgan. Bu haqda Ispaniyaning “El Pais“ gazetasi tahririyat ixtiyorida bo‘lgan audio va videoyozuvlarga asoslangan holda xabar berdi.

Uning mehmonlar bilan uchrashuvlari vaqtidagi yozuvlarni Ekvador rasmiylari tomonidan yollangan Ispaniyaning qo‘riqlash kompaniyasi olib borgan.

Nashr ma’lumotiga qaraganda, kuzatuv 2012 yildayoq boshlangan. UC Global kompaniyasi “faolning har bir harakatini kuzatib borgan, uning suhbatlarini yozib olgan“ va avstraliyalikning kayfiyatlari borasida hisobotlar tayyorlagan. Bu ma’lumotlar go‘yoki Ekvador amaldorlariga, shuningdek Ispaniyada istiqomat qiluvchi qo‘riqlash firmasining egasiga yuborilgan.

Hisobot matnlarida ta’kidlanishicha, ma’lumotlar to‘planishiga to‘sqinlik qilish maqsadida Assanj ovozni o‘zgartiruvchi qurilmadan foydalangan. Kuzatuvdan qochish maqsadida Wikileaks asoschisi ayrim hollarda elchixonaning ayollar hojatxonasida uchrashuv o‘tkazgan, bu haqda ham qo‘riqlash firmasi hisobotida xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, London sudi WikiLeaks asoschisini garov evaziga ozod qilish talablarini buzgani uchun 50 hafta qamoqqa hukm qildi. Avstraliyalik hamon hibsda ushlab turilibdi. Uni AQShga ekstraditsiya qilish ishi bo‘yicha eshituvlar 2020 fevralida bo‘lib o‘tadi. AQShda unga 17 ta ayblov, jumladan Iroq va Afg‘oniston urushiga oid maxfiy materiallarni e’lon qilish bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan.