Ekvadorda komendantlik soati joriy etiladi
Ekvador hukumati uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini kuchaytirmoqda. Bu haqda “Trend” axborot agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, o‘lkaning to‘rt hududida maxsus harbiy operatsiya doirasida komendantlik soati joriy etiladi. Ekvador prezidenti Daniel Noboa poytaxt Kitodagi Oliy politsiya maktabida o‘tkazilgan tadbirda bu haqda ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, joriy oyda mintaqadagi ittifoqchi davlatlar bilan hamkorlikda bir qator harbiy operatsiyalar amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 15-mart soat 23:00 dan 30-mart soat 00:00 gacha Guayas, Los-Rios, Santo-Domingo-de-los-Sakilas va El-Oro hududlarda komendantlik soati amal qiladi.
Rasmiylarga ko‘ra, mazkur choralar mamlakatda jinoyatchilikka qarshi kurashish, xavfsizlikni ta’minlash hamda aholi tinchligini saqlashga qaratilgan.
D.Hakimov, O‘zA