French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekvador prezidenti zaharlanganini da’vo qilmoqda
19:12 / 2025-10-24

Ekvador prezidenti Daniel Noboa ommaviy tadbirda uni kimyoviy aralashtirilgan shokolad va murabbo bilan zaharlashga urinish bo‘lganini aytdi.

37 yoshli davlat rahbarining fikricha, zaharli moddalar mahsulotlarning o‘zidan yoki ularning qadoqlaridan kelib chiqmagan.

Bu Noboa ma’muriyati mahalliy aholining hukumatga qarshi norozilik namoyishlari va jinoyatchilikning kuchayishi fonida uning hayotiga suiqasd uyushtirilganini da’vo qilgan ikkinchi holat.

Shu oy boshida hukumat prezidentning korteji g‘azablangan namoyishchilar guruhi tomonidan hujumga uchraganidan so‘ng, mashinada o‘q teshiklari paydo bo‘lganini da’vo qilgandi.

– Hech kim o‘ziga Molotov kokteyli tashlamaydi yoki o‘zini shokolad bilan zaharlamaydi, – dedi Noboa.

Ayni paytda u 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

M.Pirmatova, O‘zA