French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekstremal sayohatga mo‘ljallangan avtomobil taqdimoti (+video)
16:13 / 2024-10-18

Ma’lumki, O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari turli sohalarda keng taraqqiy etib bormoqda, shu jumladan avtomobil sanoatida ham. So‘nggi yillarda zamonaviy ko‘rinishi, sifati, boshqaruvdagi qulayligi va tejamkorligi bilan yurtdoshlarimiz qalbidan chuqur joy olayotgan “Jetour” brendi Bo‘stonliq tumanining purviqor tog‘lari yonbag‘rida yangi yo‘ltanlamasining taqdimotini o‘tkazdi.

O‘zbekiston sharoitida ekstremal sayohatlar uchun mo‘ljallangan Jetour T2 yo‘ltanlamasining imkoniyatlari qanday? Bu savol ko‘pchilik avtomobil ishqibozlarini qiziqtirishi tabiiy.  

Brend turkumidagi ekstremal sayohatlar uchun birinchi krossover bo‘lgan Jetour T2 zamonaviy dizayn va kuchli texnik xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan. Unda sayohat ruhini ifodalovchi "Erkin yo‘l" konsepsiyasidan foydalanilgan. Ya’ni, tog‘li hududlarda, qorli yo‘llarda,  qumli tepaliklarda erkin harakatlana oladigan ushbu avtoulov hashamat va qulaylikni o‘zida mujassam etgan va ekstremal sharoitda  haydash zavqini oshiradi.  Yuqori sifatli interer materiallaridan tortib keng salongacha, har bir detal mukammallikni ifoda etadi.

- Xitoyning Jetour T2 ilk yo‘ltanlamasi bu yil O‘zbekiston bozoriga kirib keldi, - deydi Jetour kompaniyasi sotuv bo‘limi xodimi Sarvar A’zamov. - Hozirda rasmiy dillerlik markazi mavjud va ularda sotuv yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu avtomobillarimiz 2 xil 1.5 va 2.0 litrli turbo dvigatellar bilan jihozlangan. 100 kilometr masofaga 8 litr benzin yoqilg‘isini sarflaydi. Haydovchi atrofini to‘liq ko‘rib turishi uchun to‘rt tomoniga kameralar o‘rnatilgan. Xavfsizlik darajasi juda yuqori. Boshqaruvda 6 xil rejimda ishlaydi. Ya’ni, har qanday sharoitda tog‘li, dashtli, qorli yoki qumli zonalarda ham xaydovchi yuqori darajada qulayliklarni xis etadi.  

Jetour T2ning  maksimal versiyasi 2.0 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Aqlli boshqaruvi va differensial qulf bilan ishlaydi. Mazkur boshqaruv tizimi yo‘l sharoitlarini avtomatik ravishda aniqlab, O‘zbekiston yo‘nalishlariga oson moslashish imkonini beradi.  

Jetour T2ning O‘zbekiston bozoriga chiqarilishi brendning Markaziy Osiyodagi mavqeini mustahkamlash strategiyasida muhim qadam bo‘lib,  avtomobil ishqibozlariga ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi va mamlakat bo‘ylab ekstremal sayohatlar uchun mo‘ljallangan aqlli krossoverlarning yangi davrini boshlab beradi.

Taqdimot marosimida kompaniya boshqaruvi rahbarlari avtomobilning xususiyatlari va narxlari bilan yig‘ilganlarni yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, avto ixlosmandlari uchun yutuqli o‘yinlar tashkil etildi. Xullas, taqdimot marosimi kelganlar uchun unutilmas taasurotlarni baxsh etdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/GyMRSpg_l8w?si=HEKO0Cdo2jch5JA5" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev(video), O‘zA