Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportyorlar uchun foydali maslahatlar berildi
19:56 / 2024-02-09

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “BMB-NRC AGROLOGISTICS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini tashkil qilish bo‘yicha eksportyor korxonalari vakillari uchun “Eksportni samarali yo‘lga qo‘yishda eksportyor korxonalarning roli hamda ularning kelgusidagi ishlarini tashkil etish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Ashurmatov, “BMB-NRC AGROLOGISTICS” MCHJ ijrochi direktori M.Musayev, Jizzax agroxizmatlar markazi direktori Z.Amanov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tgan investitsiyalarni jalb qilishni yanada kengaytirish masalasi bo‘yicha kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida aytilgan vazifalar ijrosi doirasida viloyatning Sharof Rashidov tumanida “BMB-NRC Agrologistics” O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 57 million 700 ming AQSH dollarini tashkil etgan zamonaviy “Agrologistika kompleksi” qo‘shma investitsiyaviy loyihasi amalga oshirilganini ta’kidladi.

Yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Osiyo, ayniqsa, Yevropa bozorlarida o‘zining munosib o‘rniga ega. Shu o‘rinda tomorqa yer egalari, dehqon-fermer va tadbirkorlarga qaysi mahsulot ekishni va uning urug‘ini qayerdan olishni “BMB-NRC Agrologistics” MCHJ QKning yetuk mutaxassislari taklif qiladi. Yetishtirilgan yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qisqa fursatlarda, sifatini yo‘qotmagan holda “Agrologistika kompleksi” markazi xodimlari tomonidan belgilangan manzillarga yetkazib berilishini ta’minlaydi. 

Qolaversa, markazda yetishtirilgan mahsulot sifat jihatidan to‘g‘ri saqlanishi kafolatlanadi. Bu o‘z navbatida eksport amaliyoti bilan shug‘ullanib keluvchi tadbirkor uchun ham keng imkoniyatlar yaratishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Tadbir davomida “BMB-NRC Agrologistics” MCHJda eksportchilar uchun transport turlarini tanlash, bojxona rasmiylashtiruvini tashkil etish va mahsulot sifatini nazorat qilish, logistika jarayonlari xarajatlarini kamaytirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va jahon bozorida raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlari mavjudligi haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri