Eksportyor korxonalarga bojxonachilarning ko‘magi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari Romitan tumanidagi Romstar” tabiiy ipak tola tayyorlash va eksport qilishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Hozirda 40 dan ortiq fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanayotgan ushbu korxonada tayyorlangan ipak tolalari Vetnam, Eron va Xitoy davlatlariga eksport qilinmoqda. 2025 yilning o‘tgan davrida ushbu davlatlarga qiymati 2,2 million AQSH dollariga teng mahsulotlar yetkazib berilgan.
Uchrashuv davomida, ishlab chiqaruvchilar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvlari bilan bog‘liq yangiliklardan xabardor bo‘lishda sayyor uchrashuvlarning ahamiyati katta ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, korxona vakillariga bojxona qayta ishlash bojxona rejimi, tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish hamda eksportda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.