Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportyor korxonalarga berilgan imtiyozlar tushuntirildi
16:57 / 2023-11-10

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan import tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashda qator imtiyoz va preferensiyalar joriy etilganligi ta’kidlandi.

Seminarda tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining afzalliklari, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartiblari va bunda nol darajali stavkaning qo‘llanilishi eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan boshqa qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi. 

[gallery-14499]

Qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar eksport qilinganda, qayta ishlash operatsiyasida foydalanilgan tovar (xizmat)lar bo‘yicha to‘langan QQSni hisobga olish hamda hosil bo‘lgan QQS salbiy farq summalarini qoplash yuzasidan qonunchilik me’yorlari tushuntirildi. 

Seminarda soliq to‘lovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari