Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportyor korxonalarga amaliy yordam
14:11 / 2022-06-17

Bojxona organlari xodimlari tomonidan korxonalarga amaliy yordam berish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ijduvon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti mas’ullari “Sadbarg” MCHJdagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi.

“Sadbarg” MCHJ paxta yog‘i va shrot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona joriy yilda 205,91 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilgan. Korxonada ishlab chiqarilgan tovarlar asosan Tojikiston va Afg‘oniston davlatlariga eksport qilinmoqda. Ayni paytda korxonada 159 kishi  mehnat qiladi. Kelgusida qo‘shimcha tarzda yana 150 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Zarif Komilov, 
O‘zA