Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportyor korxonalarga amaliy ko‘mak berilmoqda
11:08 / 2023-03-29

bugungi kunning muhim vazifalaridan biri – eksport salohiyatini oshirish, barcha sohalarda tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish orqali ularga amaliy yordam berishdir.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan ham ushbu yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilib, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning chet elga eksport qilinishida tadbirkorlarga tezkor va zamonaviy bojxona xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Bu borada tadbirkorlar bilan muloqotning samarali tizimi joriy etilgan bo‘lib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahridagi “Procab” qo‘shma korxona shaklidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatbga tashrif buyurildi.  

2011 yilda ishga tushirilgan ushbu korxona misdan kabel va simlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib,  nafaqat ichki bozorga balki, tashqi bozorda Yevropaning qator davlatlari va MDH davlatlariga mahsulotlarini eksport qiladi.  

Joriy yilning o‘tgan uch oyi davomida korxona tomonidan 32,6 mln. dollarlik tovarlar xorij bozorlariga yo‘naltirilgan. Tadbirkorga yaqindan ko‘makchi bo‘lish, ularga sifatli bojxona xizmatini ko‘rsatish, qolaversa, olib kirilgan mahsulot yoki asbob-uskunalarga bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar berish eksport ko‘rsatkichi yanada oshishida muhim omil bo‘ladi.  

Korxona 2023 yildan boshlab kabel mahsulotlarini qayta ishlab, xorijga yo‘naltirmoqda. Jumladan, 946,1 tn. kabel ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan qayta ishlash shartnomasi imzolangan bo‘lib, shundan 34,2 tn.,qiymati 163,4 ming dollarga teng bo‘lgan mahsulotlar xorijiy hamkorlarga yetkazib berilgan.  

Tashrif davomida post xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini amalga oshirishdagi muammolari o‘rganildi. Shuningdek, ularga bojxona sohasida yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlar talablari yetkazildi. 

Uchrashuvda post xodimlari tadbirkorlarga doimo ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.  

Zero, tadbirkorlarga barcha sohalarda ko‘rsatiladigan amaliy yordamlar natijasida mahalliy ishlab chiqarish, eksport ko‘rsatkichlari tobora yuqorilab boraveradi. Bu esa yurtimiz iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga va aholi farovonligi oshishiga xizmat qiladi.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA