O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mahalliy korxonalar uchun biznes forum tashkil etildi.
Forumda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari so‘zga chiqib, sohadagi so‘nggi yangiliklar va eksport yo‘nalishidagi imtiyozlarga to‘xtalishdi. Jumladan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan eksportyor korxonalarga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari va yangiliklar, eksport-import faoliyatidagi imtiyozlar va qulay shartlar, yangi tartib-taomillar, qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar uchun berilgan investitsiya imkoniyatlari, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ma’lumotlar, taklif va tavsiyalar berildi. Bundan tashqari “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimining afzalliklari, mahsulotlarni qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida bozorga chiqarish, eksport hajmini oshirishi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek hudud tadbirkorlarining eksport salohiyatini oshirish va xalqaro bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilandi.


Tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlar va turli soha vakillari mutaxassislar bilan ochiq muloqot asosida muzokaralar olib borib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri