Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportyor korxonalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
10:37 / 2025-09-26

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari tomonidan eksportyor korxonalarda sayyor o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi uchrashuv “BUXORO GYPSUM” MCHJda tashkil etildi.

Korxona asosan qurilish xomashyolarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib keladi. Muloqot davomida eksport jarayonlarini soddalashtirish hamda mavjud imtiyozlar orqali tashqi iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, ayniqsa, eksportyorlar faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bojxona organlari tomonidan joriy etilayotgan yengilliklardan unumli foydalanish esa korxonalarga ortiqcha sarf-xarajatlar va ovoragarchiliklarning oldini olish imkonini bermoqda.

Xususan, “BUXORO GYPSUM” MCHJ tomonidan samarali eksport faoliyati olib borilmoqda. Birgina  joriy yilning o‘tgan davrida qiymati 1,0 million AQSH dollariga teng, umumiy vazni 1397 tonna bo‘lgan “qog‘oz, karton va ulardan yasalgan buyumlar hamda tozalash-yuvish vositalari” import qilingan bo‘lsa, qiymati 1,7 million dollar, vazni 18 ming tonnani tashkil etgan qurilish mollari eksport bojxona rejimida rasmiylashtirildi.

Shuningdek, aynan “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimidan foydalanish orqali yaqinda 541 tonna, qiymati 433 ming AQSH dollariga teng “gipsokarton uchun qog‘oz” import qilinib, undan 187 tonna, qiymati 20 ming dollarlik tayyor “gipsokarton” mahsulotlari eksportga yo‘naltirildi.

Zarif Komilov, O‘zA