Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportga mo‘ljallangan yangi qo‘shma korxona
12:18 / 2016-03-22

Farg‘ona shahrida “Fergana oseana textile” O‘zbekiston – Tailand qo‘shma korxonasi ish boshladi.

Farg‘ona shahrida “Fergana oseana textile” O‘zbekiston – Tailand qo‘shma korxonasi ish boshladi.

Prezidentimiz rahnamoligida chet el investitsiyalarini jalb etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda.

Farg‘ona viloyatida chet el investitsiyasi ishtirokidagi 200 ga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ishlamayotgan va bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga “nol” qiymatda berish bo‘yicha e’lon qilgan tanlov natijalariga ko‘ra, “Farg‘onadavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasiga qarashli bo‘sh turgan bino “Quvasoyta’mirqurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga investitsiya kiritish sharti bilan berilgan edi.

Jamiyat tomonidan ta’mirga muhtoj binoda 15 milliard so‘mlikdan ziyod qurilish-rekonstruksiya ishlari bajarilib, ko‘rkam va zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Tailand kompaniyasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan xorijdan 6 million yevrolik paxtani qayta ishlovchi va ip-kalava ishlab chiqaruvchi zamonaviy jihozlar keltirilib, o‘rnatildi.

– Bu yerda yiliga 3 ming 600 tonna paxta xomashyosini qayta ishlash va sifatli, raqobatbardosh ip-kalava ishlab chiqarish imkoniyati mavjud, – deydi qo‘shma korxona rahbari Alisher Ortiqov. – Mahsulotlarimizni Yevropa davlatlari, shuningdek, Rossiya va Xitoyga eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Qo‘shma korxona ish boshlashi bilan 200 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Doimiy ish o‘rniga ega bo‘lganlarning 110 dan ortig‘i kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir.

– Log‘on agrosanoat kasb-hunar kollejini bitirganman, – deydi operator vazifasida ishlayotgan Dilfuza Abdurahmonova. – Men bilan birga ko‘plab tengdoshlarim ham bu yerga ishga joylashdi. Kelajakda yengil sanoat sohasini puxta o‘zlashtirib, yetuk mutaxassis bo‘lishni maqsad qilganman.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan ip-kalava mahsulotlari erta-indin jahon bozoriga chiqariladi. Bu sa’y-harakatlar iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Qo‘shma korxonaning ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.