Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportchi korxonalar muammolari o‘rganildi
15:03 / 2025-08-22

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumani hokimi Sihatgoh mahallasida joylashgan eksportchi korxonalarda bo‘lib, ular faoliyati bilan yaqindan tanishish asnosida tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni o‘rgandi.

2018 yilda tashkil etilgan “Abdurahmon tekstil” korxonasi o‘tgan yili Rossiyaga 150 ming dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lib, bu yerda 25 nafar kishi bandligi ta’minlangan. Xuddi shunday, 2015 yilda tashkil etilgan “Asadbek Savdo Servis” MCHJ ham eksport mahsulotlari chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib,  90 kishi doimiy ish joyiga va daromad manbaiga ega.

[gallery-24902]

Tuman rahbari tomonidan har ikki korxonada tashqi bozorga mahsulot chiqarish hajmi va turini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘lida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA