Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportchi korxonalar mahsulotlari xalqaro talablarga muvofiq sinovdan o‘tkazib kelinmoqda
19:27 / 2023-09-26

O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan hamda olib kirilayotgan mahsulotlarning sinovini xalqaro talablar asosida o‘tkazish bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar tashkil etildi.

Mazkur markaz davlat muassasasi Sinov laboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Jahongir Abduqodirov sohada amalga oshirilayotgan samarali ishlar xususida fikr bildirdi.

– Bugungi kunda  O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining 16 ta hududiy filiali mavjud.

Xalqaro tashkilotlar (ISO, IEC, UNECE, EN, CODEX STAN) standartlari, talab va me’yorlariga muvofiq mahsulotlar sinovini to‘liq amalga oshiradigan zamonaviy laboratoriyalardan iborat sinov va nazorat kompleksi, texnik vositalarni elektromagnit moslashuvchanlikka baholash laboratoriyasi ishga tushirildi.

Xususan, Toshkent viloyatining Piskent tumanida Texnik vositalarni elektromagnit moslashuvchanlikka baholash bo‘yicha texnik reglament va xalqaro talablarga muvofiq sinovlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Natijada sanoat tarmoqlarining mashinasozlik va elektrotexnika yo‘nalishidagikorxonalar uchun jami 6075 ta (2021 yilda 949 ta, 2022 yilda 4344 ta, 2023 yil to‘rt oy davomida 782 ta) sinov bayonnomalari rasmiylashtirilib, ushbu mahsulotlar muvofiqligini baholash yo‘lga qo‘yildi.

  Markaz va uning Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand hamda Xorazm filiallari qoshidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyalariga qiymati 
9,5 million dollar bo‘lgan 336 dona zamonaviy uskunalar xarid qilinib, ishga tushirildi.

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash bo‘yicha 2000 dan ortiq sinov usullari o‘zlashtirildi hamda akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Sinov uchun olingan namunalarni laboratoriyaga yetkazish bo‘yicha logistika xizmati ishga tushirildi. Natijada oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sanoat tarmoqlaridagi 1982 ta eksportyor korxonalar mahsulotlari sinovini o‘tkazish hamda olis tumanda joylashgan korxona mahsulotlarini laboratoriyaga yetkazish imkoniyati yaratildi. Metall mahsulotlar sinovini to‘liq o‘tkazishni ta’minlash maqsadida laboratoriyalarni modernizatsiya qilish uchun Olmaliq KMK va “O‘zmetkombinat” AJlarining 1,7 million yevro beg‘araz mablag‘lari ajratildi.

Markazning Toshkent shahri laboratoriyasiga 13 dona, Andijon va Qashqadaryo filiallari laboratoriyalariga jami 29 dona zamonaviy uskunalar xarid qilindi. Shuningdek, Toshkent shahrida qiymati 3.5 milliard so‘m bo‘lgan loyiha asosida yangi laboratoriya binosi barpo etildi. Metall mahsulotlarining fizik-mexanik sinovlari hamda kimyoviy tarkibini aniqlash bo‘yicha 30 dan ortiq xalqaro sinov usullari o‘zlashtirilib, mashinasozlik va qurilish sanoat tarmoqlaridagi 448 ta eksportyor korxonalar mahsuloti sinovini o‘tkazish imkoniyati yaratildi. 14 ta sinov laboratoriya Oʼz DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Bugungi kunda Toshkent shahrida qiymati 3.5 milliard so‘m bo‘lgan metall mahsulotlari sinov laboratoriyasining yangi korpusini qurish va uni zamonaviy jihozlar hamda boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada metall mahsulotlarining fizik-mexanik sinovlari hamda kimyoviy tarkibini aniqlash bo‘yicha 30 dan ortiq xalqaro sinov usullari o‘zlashtirilib, mashinasozlik va qurilish sanoatidagi 448 ta eksportyor korxona mahsulotlari sinovini o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 iyuldagi qarori asosida qiymati 5 million dollar bo‘lgan “Yuksalish” kichik sanoat zonasi hududida polimer, yengil sanoat, elektr texnikasi, kimyo va qurilish mahsulotlarini xalqaro talablar asosida sinov majmuasi tashkil etilmoqda. Loyiha natijasida 15 ta yangi ishchi o‘rni yaratiladi hamda vodiy viloyatlarida faoliyat yurituvchi 12 mingdan ortiq ishlab chiqarish korxonalariga, shundan 2 mingga yaqin eksportyorlarga, xalqaro darajada sinov xizmatlarini ko‘rsatish orqali polimer, yengil sanoat, elektr texnikasi, kimyo va qurilish mahsulotlari sifatini oshirishga hamda milliy mahsulotlarning jahon bozorlariga olib chiqishga zamin yaratiladi.

Tez kunlarda Janubiy Koreyaning 2,3 million dollarlik grant mablag‘i hisobiga “O‘zbekiston Respublikasida konditsionerlarning energiya samaradorligini baholash sinov laboratoriyasi tashkil etiladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining energiya sarfi hajmi rivojlangan mamlakatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqori bo‘lib, hozirgi kunda konditsionerlarning energiya samaradorligini baholash yo‘lga qo‘yilmagan. Loyiha natijasida energiya sarfi yuqori bo‘lgan konditsioner mahsulotlarini muomalaga chiqarilishi oldini olish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotining energiya sarfi hajmini qisqartirish, yiliga bir milliondan ortiq va import tarzida kirib keladigan 150 mingdan ziyod konditsionerning energiya samaradorligini baholash imkoniyati yaratiladi.

Shu davrgacha beshta yo‘nalishda (oziq-ovqat, yengil sanoat, metall, texnik moylar va mashinasozlik ehtiyot qismlari) sinov laboratoriyalar Belarus hamda bitta sertifikatlashtirish organi (sifat menejmenti tizimlari) Turkiya davlatidan xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bu bilan sanoat tarmoqlarining oziq-ovqat, yengil sanoat, metallurgiya va mashinasozlik yo‘nalishlarida muvofiqlikni xalqaro darajada baholashga erishildi.

Bo‘lim mutaxassislari sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilgan ijobiy ishlardan yana biri mamlakatimizda yetishtirilgan vino mahsulotlarining Yevropaga eksport qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Yevropa davlatlarining reglamentiga muvofiq vino mahsulotlarining eksportini yo‘lga qo‘yish maqsadida mavjud sinov laboratoriyasini Yevropa reyestriga kiritish choralari ko‘rildi. 2017-2023 yillar davomida 57 xil turdagi shu turdagi mahsulotlarga V1 sertifikati rasmiylashtirildi. Natijada Yevropaning Latviya va Germaniya davlatlariga mahsulot eksport qilinishiga erishildi. 

Bu boradagi amaliy ishlar kelgusida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan boshqa turdagi mahsulotlar eksportida ham ijobiy natija beradi.

 

O‘zA muxbiri Abdulaziz RUSTAMOV yozib oldi.