Eksportchi korxona
Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Mega tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona mavjud yangi va zamonaviy texnologiyalari tufayli xorijda o‘z bozoriga ega.
Korxona eksport, xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish va aholi bandligini ta’minlashda tumandagi yetakchi korxonalardan biri sanaladi. O‘tgan 2025 yili 4,5 million AQSH dollari miqdoridagi mahsulot Turkiya, Xitoy, Pokiston va Rossiya davlatlariga eksport qilindi. Hozirda mazkur korxonada 515 nafar doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Korxona kelgusida ish hajmini hamda eksport salohiyatini oshirish niyatida.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA