Eksportchi korxona yangi quvvat va ish o‘rinlari yaratadi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan “Saodat sanoat servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati bolalar va erkaklar uchun issiq kiyimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
2014 yilda tashkil etilgan korxona bugun tumanning eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda. O‘tgan yil Rossiya Federatsiyasiga 3 million AQSH dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lib, joriy yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 5 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Hozirda korxonada 200 ta doimiy ish o‘rni mavjud. Yangi qo‘shimcha ishlab chiqarish binolari qurilishi natijasida yana 250 ta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Bu mahalliy aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA