Har bir davlatning mahsulotlar importida o‘z talabi va tartibi mavjud. Ayniqsa, gap qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari haqida ketganda. Sababi birinchi navbatda xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratiladi.Talablardan bexabar bo‘lgan tadbirkorlar bir muncha qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan tashkil etilgan “Study Tour” dasturi ana shunday holatlarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlari eksportchilari 5 ta davlatda tajriba almashish imkoniga ega bo‘ladi.
- Bugungi global bozor sharoitida meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlari eksporti faqat hajm bilan emas, balki xalqaro talablarga mos sifat, xavfsizlik va logistika tizimi bilan baholanadi, –deydi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xodimi Charos Shodmonqulova. –Ya’ni, har bir davlat o‘z bozorini himoya qilish maqsadida aniq fitosanitar, texnik va savdo talablarni joriy etgan. Shu bois eksportchi tadbirkorlar uchun ushbu talablarni nazariy emas, balki amaliyotda o‘rganish, ilg‘or tajribalar bilan bevosita tanishish alohida ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirishda xalqaro tajribani keng joriy etish belgilangan. Ayni shu maqsadda 5 ta ilg‘or mamlakat tanlab olindi. O‘quv dasturi davomida ishtirokchilar uchun treninglar o‘tkazilib, agrologistika markazlari, qadoqlash va qayta ishlash korxonalari, yirik ulgurji bozorlar va savdo tarmoqlarida o‘rganishlar tashkil etiladi. Bu orqali eksportchilar xalqaro amaliyot, muvaffaqiyatli keyslar va bozorga kirish mexanizmlarini bevosita joyida kuzatish va o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DQMh8AZEuwQ" title="Eksportchi korxona vakillariga xorijda o‘quv kurslari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA