French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportchi fermerlar safi kengaymoqda
15:07 / 2015-04-01

Agrar sohani isloh qilish, fermerlik harakatini keng rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining eksport salohiyatini yuksaltirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish borasida Qashqadaryo viloyatida ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Agrar sohani isloh qilish, fermerlik harakatini keng rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining eksport salohiyatini yuksaltirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish borasida Qashqadaryo viloyatida ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2013-yil 8-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2014-yilda viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xorijga 1 ming 564 tonna poliz mahsuloti va meva eksport qilingan. Ularning asosiy qismini qovun, tarvuz, uzum hamda quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari tashkil etadi. Joriy yilda eksport salohiyatiga ega korxonalar sonini ko‘paytirish hisobidan bu borada sezilarli o‘sishga erishish rejalashtirilgan.

– Asosiy faoliyatimiz bog‘dorchilikdan iborat, – deydi Kitob tumanidagi “Bog‘izar Varganza” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Rahmatillo Qo‘ychiyev. – 5 gektar maydonda uzum, 10 gektarda gilos parvarishlaymiz. O‘tgan yili qariyb 15 tonna uzum eksport qildik. Mahsulotni yetkazib berishni o‘zimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirmoqdamiz.

Xo‘jalikda qayta ishlashni kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili kuniga ming dona plastmassa quti ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy sex ishga tushirildi. Hozir bu yerda ikki xil o‘lchamdagi quti ishlab chiqarilmoqda. Mavjud meva-sabzavot saqlash omborxonasi modernizatsiya qilindi. Eski muzlatgichlar vakuumli texnologiyalarga almashtirildi. Bu 700 tonnagacha mahsulotni uzoq vaqt asl holicha saqlash imkonini bermoqda.

Yigirmaga yaqin kishi mehnat qilayotgan xo‘jalikda tarmoqni yanada kengaytirib, sex qoshida qiymati 350 million so‘m bo‘lgan ma’danli suv ishlab chiqarish liniyasini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Mamlakatimizda yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanib, yetishtirayotgan mahsulotini chet elga bevosita o‘zi eksport qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlar soni yil sayin ortib bormoqda.

– O‘n gektardan ortiq yerda vinobop va boshqa turdagi uzum, olxo‘ri yetishtirmoqdamiz, – deydi Kitob tumanidagi “Tursunova Zarina” fermer xo‘jaligi raisi Abduqayum Abdurasulov. – Mahsulotimizning muayyan qismini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga sotib, bir qismini tabiiy sharoitda quritmoqdamiz. Qolganini chet mamlakatlarga chiqaramiz. Shu yildan boshlab mevani to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilishni rejalashtirganmiz. Shu maqsadda mutaxassislarimiz tashqi bozorni o‘rganmoqda.

Fermerning aytishicha, to‘rt yil avval 1,5 gektar maydonda xorijdan keltirilib, o‘zimizda mintaqalashtirilgan 400 tup gilos ko‘chati ekilgan edi. Albatta, uni bizning iqlim sharoitimizga moslashtirish oson kechmagan. Boisi, mazkur daraxt yer tanlaydi, ko‘proq e’tiborni talab qiladi. Har yili keraksiz novdalarini kesib turish lozim. Uning o‘ziga xosligi shundaki, mevasi mahalliy gilosga qaraganda ancha yirik. Bunday gilos jahon bozorida yuqori baholanadi.

Muxtasar aytganda, serquyosh yurtimizda yetishtirilayotgan poliz, meva-sabzavot mahsulotlariga xorijda talab katta. Bu uni eksport qilish imkoniyatini yanada oshiradi.