Eksportbop mahsulotlar turini oshirish - asosiy maqsad
Namangan viloyatidagi “ART SOFT HOLDING” mas’uliyati cheklangan jamiyati tarkibida paxtachilik va g‘allachilik, to‘quv, tikuv-trikotaj, kafel va keramika, chinni hamda farfor, qurilish materiallari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 27 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 5 yarim mingdan ziyod kishi bandligi ta’minlangan.
Aytish kerakki, ushbu yirik quvvatning to‘quv, tikuv-trikotaj, qurilish va boshqa turdagi tayyor mahsulotlari Germaniya, Italiya, Polsha, Xitoy, Turkiya, Pokiston, Bolgariya, Moldova, Litva, Latviya kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
[gallery-11125]
Korxonada eksportbop mahsulotlar turini oshirish ustida istiqbolli loyihalar davom ettirilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (curat), O‘zA