Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh “Buxara Varnet” MCHJ korxonasida sayyor o‘rganish olib bordi.
Unda 2018 yilda tashkil etilgan issiqxona xo‘jaligi negizidagi zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, ilmiy tadqiqotlarga asoslangan innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim tizimidagi yangiliklar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar doirasida tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, eksport faoliyatini kengaytirish maqsadida bojxona tizimida joriy etilgan “Eksport uch qadamda” amaliy mexanizmi yuzasidan korxona vakillariga batafsil tushuncha berildi.

Tahlillarga ko‘ra, joriy yilda mazkur korxona tomonidan qiymati 230 ming AQSH dollariga teng, umumiy og‘irligi 817,17 tonnani tashkil etuvchi 20 dan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi va poliz mahsulotlari eksport qilingan. 2024 yilda esa, bu qiymat 1,03 million AQSH dollarini tashkil etgan.

Uchrashuvda korxona vakillariga bojxona organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatda yuzaga keladigan masalalarda amaliy yordam ko‘rsatilishi doimiy e’tibordaligi ta’kidlandi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.