Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Eksport uch qadamda”
12:19 / 2024-10-11

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida bojxona boshqarmasi mas’ullarining hududdagi investitsion loyiha vakillari bilan navbatdagi sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda, qadoqlashga mo‘ljallangan qog‘oz qutilar ishlab chiquvchi “Xuzhou Xiangyang Paper” MCHJ faoliyati o‘rganildi. Korxonaga 3 097,8 ming AQSH dollari qiymatdagi texnologik asbob uskunalar bojxona to‘lovlaridan imtiyozli qo‘llanilgan holda olib kirilgan. Hozirda mazkur texnikalarni belgilangan standartlar doirasida o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. 

Bojxona organi mas’ullari va korxona vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqot jarayonida “Eksport uch qadamda” tizimining afzalliklari tanishtirildi. Kelgusida 500 nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan korxonada doimiy xomashyo bazasini yaratishga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimining ahamiyatli tomonlari haqida investorlarga to‘liq ma’lumot berildi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.