English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksport salohiyatini oshirish uchun qanday ishlar bajarilgan?
15:55 / 2025-08-12

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Davlat dasturining 2025 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot qizg‘in muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan bir qator savollar o‘rtaga tashlandi.

Xususan, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Xushvaqt Hayitov dasturda mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksport nomenklaturasini ko‘paytirish borasida bir qator vazifalar belgilanganini ta’kidlab, bu borada hisobot davrida qanday ishlar amalga oshirilgani bilan qiziqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari quyidagilarni ma’lum qildi:

– Davlatimiz tomonidan eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida hisobot davrida amalga oshirilgan eksport hajmi 117 foizni tashkil etdi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6 oyda 619 ta tadbirkor faoliyati uchun 138  mln dollar miqdorida moliyaviy resurslar kiritildi, shu bilan birga, 72 mlrd so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi. Natijada bu tadbirkorlar tomonidan 1 mlrd dollarlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.  

Shuningdek, 20 dan ortiq xalqaro ko‘rgazmalarda 201 ta korxonalar ishtiroki ta’minlandi. Buning uchun qariyb 40 mlrd so‘m pul sarflandi.  

20 ta korxonaga chet eldagi savdo omborxonalari binolarini ijaraga olishi uchun 16,6 mlrd so‘m xarajatlari qoplab berildi. Ular tomonidan o‘sha joylarda 23 mln dollarlik eksportlar amalga oshirildi.  

M.Komilova, O‘zA