Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksport rejasi 5,9 baravar ortig‘i bilan bajarildi
15:26 / 2022-03-11

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 2022 yil yanvar-fevral holatiga ko‘ra, yuqori mehnat samaradorligi qayd etildi.

Jumladan, o‘tgan ikki oyda bashorat ko‘rsatkichi bo‘yicha 38,5 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi belgilangan edi. Marrani yuqori olgan birlashma mehnat jamoasi esa 61,9 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan holda rejaviy vazifa 160,8 foizga uddalanganini alohida ta’kidlash joiz. 

Shuningdek, birlashma mehnat jamoasi tomonidan yana bir diqqat molik natija qayd etildi. Reja bo‘yicha 1,1 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi belgilangan edi. Amalda esa 6,3 million dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 5,9 baravar oshig‘i bilan bajarildi. Asosiy ishlab chiqariladigan mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 178,1 tonna molibden 3 oksidi ishlab chiqarilib, reja 107,7 foizga bajarilgan. 115,9 tonna molibden shtabigi va briketi tayyorlanib, reja 106,7 foizga ado etilgan. 177,3 tonna olovbardoshli keramik buyumlar ishlab chiqarilib, reja 136 foizga uddalangan. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish evaziga 80,7 tonna molibden metali tayyorlanib, reja 104 foizga bajarilgan. 

Bundan tashqari, birlashmada mahalliylashtirish dasturi doirasida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Dastur doirasida o‘tgan ikki oyda 31 ta loyiha bo‘yicha 12,768 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi» farmoni ijrosi bo‘yicha 2022 – 2024 yillarga mo‘ljallangan «Olmaliq KMK» AJ «Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi» ni rivojlantirish va yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish dasturi ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq, mazkur korxonada 4 ta yo‘nalish bo‘yicha jami qiymati 61,52 million dollar bo‘lgan 30 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

OKMK Axborot xizmati