Buxoro shahrida sanoat sohasida faoliyat olib borayotgan “MUX-AYSAN” korxonasi ishlab chiqarish samaradorligi va bandlikni oshirish borasida amaliy ishlarni olib bormoqda.
Korxona 2023 yilda shaharning “S.Ayniy” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu korxona akril sintetik ip mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda korxonada 20 nafar ishchi faoliyat yuritmoqda. Hozirda korxonada qo‘shimcha 40 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, bu hudud aholisini ish bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.


Korxonada ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalar doimiy nazoratda.
Natijada 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida korxona tomonidan 627 million so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Yil yakuniga qadar Rossiya Federatsiyasiga 200 ming AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.