French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksport korxonalar faoliyati o‘rganildi
10:08 / 2025-12-05

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari Romitan tumanida faoliyat yuritayotgan, tabiiy ipak tola ishlab chiqarish va eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxona faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganishlarda “Romstar” qo‘shma korxonasi mutaxassislariga bojxona yuk operatsiyalarini sifatli va tezkor amalga oshirishda yaqindan yordam berish maqsad qilindi.

Korxonada bugungi kunda 40 nafardan ortiq xodim band bo‘lib, ular tomonidan tayyorlangan ipak tolalari Vetnam, Eron va Xitoy bozorlariga yo‘naltirilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mazkur davlatlarga jami 1,5 million AQSH dollarlik mahsulot eksport qilingan. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida korxona joriy yilda 786 ming AQSH dollari qiymatidagi, umumiy vazni 23 tonnaga teng bo‘lgan ipak sanoati uchun zarur uskunalar va texnik detallarni import qilgan.

Uchrashuv jarayonida ishlab chiqaruvchilar bojxona tizimidagi yangiliklar va tartiblardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishda sayyor muloqotlar katta yordam berishini ta’kidladi. Shuningdek, viloyat bojxona boshqarmasi mas’ullari xorijiy investitsiya asosida tashkil etilgan korxonalar faoliyatini ham o‘rgandi.

Xususan, Kogon tumanida joylashgan “XIANGYANG GROUP” xorijiy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi hisoblangan mazkur korxona Xitoy Xalq Respublikasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan 15 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya mablag‘lari asosida tashkil etilgan bo‘lib, gofra qog‘oz va karton ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Bojxona organi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot jarayonida, qayta ishlash bojxona rejimidan yanada samarali foydalanish ko‘lamini oshirish, tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish hamda eksportda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korxonaga bojxona ombori ochish tartibotlari va bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.