Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksport hajmini oshirish masalasi muhokama etildi
11:47 / 2021-12-21

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov eksport faoliyatining bugungi holatini o‘rganish va mamlakatimiz eksportchilarini amaliy qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy hokimiyat idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Tarmoqlar va hududlar kesimida tashqi savdo faoliyatining hozirgi holati tahlil qilindi. Vazirlik, idoralar mas’ullarining eksport salohiyatini yuksaltirish, eksport faoliyatini rag‘batlantirish va eksportchi tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Korxonalarga oldin to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini qaytarish, eksportga yetkazib berishni amalga oshirish, debitorlik qarzni undirish, aylanma mablag‘ga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash, xorijiy mijozlar topish, infratuzilmaviy kommunikatsiyaga uzluksiz ulanish va boshqa masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro kelishilgan choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy hokimlik rahbarlariga foydalanilmayotgan resurs va imkoniyatlarni safarbar etish hamda eksport hajmini keskin oshirish uchun eksportchilar bilan bevosita ishlashni faollashtirish lozimligi ta’kidlandi.

Muhokama yakunida mutasaddilarga ko‘rib chiqilgan masalalar doirasida qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

G. Sattorova, O‘zA