French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksport hajmi yanada ortadi
15:37 / 2015-12-28

Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Rosteksstroy” O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma korxonasi asosan momiq sochiqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Rosteksstroy” O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma korxonasi asosan momiq sochiqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

– Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor, jumladan, qonuniy manfaatlarimizni himoya qilishning huquqiy asoslari mustahkamlanib, turli soliq va bojxona imtiyozlari berilayotgani bizni yanada samarali ishlashga undamoqda, – deydi korxona rahbari Shavkat Sherov. – 2015-yilda ishlab chiqarilgan mahsulotning 90 foizi eksport qilindi.

Har qanday korxonaning ichki va tashqi bozordagi o‘rnini mustahkamlashda raqobatbardosh va sifatli mahsulot ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. “Rosteksstroy” korxonasida ham ip-kalavadan to‘qilayotgan momiq sochiqlar tannarxini resurslar tejamkorligi va boshqa omillar hisobidan pasaytirish, uning xaridorgirligini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilayotir.

Korxonada sifatni boshqarish tizimi – ISO 9001:2008 joriy etilib, muvofiqlik sertifikati olingan. Bu tizim jamoaning har bir a’zosi ishlab chiqarish intizomi va texnologiyasiga qat’iy rioya etishiga, pirovardida mahsulot sifatining yanada oshishiga xizmat qilmoqda.

2008-yilda tashkil etilgan korxonada dastlab besh kishi mehnat qilgan bo‘lsa, ayni paytda bu yerda ellikdan ziyod ishchi bo‘lib, ularning aksariyati zamonaviy dastgoh va uskunalarda ishlash malakasini egallagan yoshlardir. Mehnat samarasidan manfaatdorlik, yaratilgan qulay sharoitlar ish unumdorligini oshirishda muhim rag‘bat bo‘layotir.

Bozor talablarini o‘rganish, shunga mos ravishda mahsulot dizaynini yangilashga alohida e’tibor qaratilayotgani kelgusi yilgi buyurtma portfelini shakllantirish va ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkonini beradi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, “Rosteksstroy”ning “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostidagi momiq sochiqlariga jahon bozorida talab ortmoqda.