Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksport hajmi oshmoqda
12:46 / 2014-12-24

Buxoro tumanidagi “Madaniyat artteks” O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma korxonasining ip-kalava ishlab chiqarish sexi rekonstruksiyadan chiqarildi.

Buxoro tumanidagi “Madaniyat artteks” O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma korxonasining ip-kalava ishlab chiqarish sexi rekonstruksiyadan chiqarildi.

“Ipotekabank”ning tuman filialidan olingan 2,5 milliard so‘m kredit hamda korxonaning o‘z mablag‘i hisobiga xarid qilingan zamonaviy yigiruv dastgohlari sexning ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirdi.

– Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor bizni ko‘proq mehnat qilishga, izlanish va faoliyatimizni yanada kengaytirishga undamoqda, – deydi “Madaniyat artteks” rahbari Orif Choriyev. – Shu paytga qadar xomashyoning asosiy qismini katta mablag‘ sarflab, boshqa korxonalardan xarid qilardik. Endi bunga hojat qolmadi. Seximiz quvvati avvalgiga nisbatan besh barobar oshib, kuniga 2,5 tonnagacha ip-kalava ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.

Loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida sexga yana 25 nafar ishchi qabul qilinadi. Shunda yigiruv, to‘quv va boshqa yordamchi sexlardagi jami ishchi-mutaxassislar soni 90 nafarga yetadi. “Madaniyat artteks” ip-kalava ishlab chiqarish sexining rekonstruksiya qilinishi korxonada arqon iplar, ishchi qo‘lqoplar va noto‘qima materiallar tayyorlash hajmini oshirish imkonini beradi. Yil oxiriga borib bu boradagi o‘sish 2013-yilga nisbatan 20 foizga oshadi.

Ta’kidlash joizki, korxonaning buyurtma portfeli rossiyaliklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida shakllangan. “Madaniyat artteks”da tayyorlanib, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg‘asi ostida 2014-yili eksport qilingan mahsulot miqdori qariyb 700 ming dollarni tashkil etmoqda. Bu 2013-yilga qaraganda 100 ming dollarga ko‘pdir.