Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksport hajmi oshib, import kamaymoqda
19:14 / 2022-08-04

Buxoro viloyatidagi eksportyor korxonalar Kanada, Isroil va Portugaliya davlatlaridagi bozorlarni ham zabt etdi. Joriy yilning birinchi yarmida Buxoro viloyati bo‘yicha jami hududiy eksport hajmi 120 million dollarni tashkil etib, belgilangan 104,5 million dollarlik prognoz ijrosi 114,9 foizga bajarildi.

Jumladan, sanoat mahsulotlari eksporti rejasi 88,5 million dollar, amalda 102,2 million dollarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti prognozi 16 million dollar, amalda 17,8 million dollarga uddalandi. Eksport faoliyatiga 25 dan ortiq yangi korxona jalb etildi. 3 ta yangi Kanada, Isroil va Portugaliya davlatlarining bozorlari o‘zlashtirildi. Shuningdek, 2022 yil yakuniga qadar viloyatda 271 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi ta’minlanadi.

[gallery-8161]

Prezidentimizning 2021 yil 17 noyabrdagi “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Peshku va Qorovulbozor tumanlari hududlaridan 200 gektar yer maydoni ajratildi. bugungi kunda “G‘ijduvon” EIZ direksiyasi tomonidan ushbu hududlarda umumiy qiymati 39,1 million dollarga teng bo‘lgan loyihalarni joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ushbu loyihalar evaziga 800 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Mahalliylashtirish dasturiga asosan 2022 yilda Buxoro viloyatida jami 137 ta loyiha doirasida 547,6 milliard so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 118 ta loyiha doirasida 541,1 milliard so‘mlik 250 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarildi. Jumladan, to‘qimachilik va tekstil sanoati yo‘nalishida 25 ta loyiha doirasida 235,7 milliard so‘mlik, kimyo va neft kimyo sanoati yo‘nalishida 23 ta loyiha 106,8 milliard so‘mlik, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati yo‘nalishida 16 ta loyiha 86,4 milliard so‘mlik, qurilish materiallari sanoati yo‘nalishida 33 ta loyiha 60,7 milliard so‘mlik, oziq-ovqat sanoati yo‘nalishida 4 ta loyiha 38,8 milliard so‘mlik, farmatsevtika sanoati yo‘nalishida 5 ta loyiha 5,0 milliard so‘mlik va boshqa sanoat yo‘nalishlarida 12 ta loyiha 7,7 milliard so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA