Eksport hajmi ortmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida 2012 yilda tashkil etilgan “GLOBAL STAR TEXTILE TRADE” mas’uliyati cheklangan jamiyati bolalar va ayollar uchun 10 turdagi qishki kiyimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona mahsulotlari asosan Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadi. Hozirda jamiyatda 90 nafar ishchi doimiy mehnat bilan ta’minlangan.
[gallery-26050]
O‘tgan 2024 yil davomida korxona 600 ming dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lsa, joriy yilda eksport hajmini 800 ming dollarga yetkazish va hamkor davlatlar geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA