Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksport hajmi ortmoqda
15:52 / 2016-08-02

Namangan shahridagi “Istiqlol dizayn markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining yuqori sifatli tikuvchilik mahsulotlari ichki va tashqi bozorda munosib o‘rin egallagan.

Namangan shahridagi “Istiqlol dizayn markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining yuqori sifatli tikuvchilik mahsulotlari ichki va tashqi bozorda munosib o‘rin egallagan.

Korxonada kattalar va bolalar kostyumi, ko‘ylak, kurtka, pidjak singari 40 turdagi kiyim-kechak ishlab chiqariladi. Bu yerda mehnat qilayotgan 140 ishchi-xodimning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir.

–Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar samarasida korxonamizning eksport salohiyati ormoqda, – deydi korxona rahbari Murod Qurbonov. – Joriy yilning o‘tgan davrida 510 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi.