Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksport bir yarim barobarga o‘sadi
11:49 / 2026-01-20

O‘zbekiston Prezidenti mamlakat ishlab chiqaruvchilari oldiga 2026 yilda eksportni 40 mlrd. dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Farg‘ona viloyatida yilning dastlabki kunlaridanoq bu muhim vazifani bajarish choralari ko‘rilmoqda. Farg‘ona viloyati uchun o‘tgan 2025 yil ham quvonchli natijalar keltirgan edi. 2025 yilda 1,1 mlrd dollarlik, shundan 402 mln dollar qishloq xo‘jaligi, 695 mln dollarlik sanoat mahsulotlari eksportga chiqarildi. Bu esa 2024 yilga nisbatan 1,3 barobar o‘sishni tashkil etadi.

Bunda viloyatlararo to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilayotgani samara bermoqda. Viloyat hokimi boshchiligida 5 ta davlatda: Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya va Germaniyada 150 dan ortiq mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashib, qiymati 3,8 mlrd dollarlik 161 ta yangi investitsiya va 100 mln dollarlik 9 ta savdo shartnomalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Bugungi kunda ushbu erishilgan kelishuvlardan qiymati 1,3 mlrd dollarlik 65 tasida ishlar jadal boshlandi, 2,5 mlrd dollarlik 120 tasida o‘rganish, hujjatlarni rasmiylashtirish yakunlanmoqda. Masalan, Janubiy Koreyaning “Hansae mobility” kompaniyasi tomonidan qiymati 50 mln.dollar bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish loyihasi uchun yer ajratilib, qurilish jadal ketmoqda. Yoki Quva tumanida Turkiyaning “Xeyal Xolding” kompaniyasi bilan umumiy qiymati 350 mln dollarlik “Turk sanoat zonasi” tashkil etish loyihasi qurilishiga start berildi va 26 ga maydonda tekislash ishlari yakunlanmoqda.

O‘zbekistondagi qulay investitsiya muhiti, xorijiy investorlar uchun keng qamrovli imtiyoz va kafolatlar Farg‘onda o‘z samarasi bermoqda, xorijiy hamkorlarda katta ishonch va mahalliy bozorga intilish kundan kunga ortmoqda.

2026 yilda Farg‘ona viloyati eksportini 1,6 mlrd.dollar, shundan qishloq xo‘jaligida 500 mln, sanoat mahsulotlarida 1,1 mlrd dollarga yetkazish rejalari belgilanib, amaliy ishlar boshlandi.

Eksport geografiyasi 67 ta davlatga yetib, 2025 yilga nisbatan 11 taga kengayadi. An’anaviy xaridorlar safiga Meksika, Vengriya, Shvetsiya, Ruminiya, Jazoir, Gretsiya, Slovakiya, Ummon, Tailand va Maldiv kabi davlatlar qo‘shilishi kutilmoqda.

Muhammadjon Obidov,

O‘zA